12-dekabrda Britaniya parlamenti Jamoalar palatasida Konservativ partiya aʼzolari tashabbusi bilan amalga oshirilgan ishonchsizlik votumi boʻyicha ovoz berish natijasi maʼlum boʻldi. Unga koʻra bosh vazir Tereza Mey oʻz lavozimida qoldi. Unda partiyaning 200 aʼzosi Tereza Meyni qoʻllab ovoz bergan boʻlsa, 117 nafari esa qarshi ovoz berdi.

Shunga qaramay, parlament aʼzolarining uchdan bir qismi Meyning Brexit kelishuvini yoqlamasligini bildirdilar.
Tereza Meyning iste’fosi uchun jamoalar palatasidagi 315 nafar konservativ partiya a’zolaridan 158 nafari ishonchsizlik votumini qo‘llab ovoz berishi kerak edi.
Britaniyaning 2017-yilda boshlangan Yevropa Ittifoqidan ajralib chiqish jarayoni – Brexit 2019-yilning 29-martigacha yakunlanishi va bu borada YI bilan kelishuvga erishilishi kerak edi. Ammo Bosh vazir Tereza Mey tomonidan erishilgan kelishuv boshi berk koʻchaga kirib qoldi.