Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joriy yilning 16-noyabr kuni noma’lum shaxs 1986-yilda tug‘ilgan Z.M.ning uyi yotoqxonasiga deraza romini buzish yo‘li bilan kirib, 4 100 000 so‘m pullari va umumiy narxi taxminan 1,5 million so‘m bo‘lgan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Bo‘stonliq tumanida yashovchi 8-sinf o‘quvchisi, 2003-yilda tug‘ilgan S.O‘. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.