Bolalarim sanʼatkor boʻlishini xohlamaganman – Gavhar Zokirova

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston boʻylab “Yoshlar oyligi” doirasida maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan mazkur oylik munosabati bilan “Maʼrifat” targʻibotchilari Andijon viloyatiga tashrif buyurishdi.

Tashrif doirasida bir guruh targʻibotchilar Paxtaobod tumanida boʻldi. Mehmonlar tomonidan tumanda anʼanaviy tadbirlaridan biri “Maʼrifat soati” tashkil etildi. Unda “Maʼrifat” targʻibotchilari jamiyati rahbari Baxtiyor Husanov, professor Narzulla Joʻrayev hamda Oʻzbekiston Xalq artisti Gavhar Zokirova ishtirok etdi.

Tadbirda Gavhar Zokirova yoshlarga bildirilayotgan ishonch xususida fikr bildirdi. 

“Bolalarimiz sanʼatkor boʻlishini xohlamaganmiz. Shu sabab boʻlsa kerak, ustimizdan kulishganlar ham boʻlgan. Farzandlarimni 3-4 yoshidan olib yurishimga toʻgʻri kelardi. Ohista 10 kun davomida 20-marta bitta spektaklni koʻrishiga toʻgʻri kelgan hatto. Oʻgʻlim ham shunday. Yoshligidan teatrning birinchi qatorida oʻtirib, bizni tomosha qilardi. Ularning oʻrnida boshqa kishi boʻlsa, bezib qolardi, menimcha.

Biroq oʻgʻlim Javohir yoshligidan aktyorlikni tanladi. U teatrlarda rollar ijro etib, pul topardi. Hozirda esa barcha bilganidek qizim ham oʻgʻlim ham shu kasb (sanʼat)ni tanlashdi.

Yoshlarni qoʻlidan koʻp narsa keladi. Ularga atrofdagilarning ishonchi va turtkisi muhim. Ularning tanlovini qadrlash kerak. Biz ham farzandlarimiz sanʼatkor boʻlishini xohlamasak ham qarorlarini hurmat qildik”, dedi u.

Fikr bildirish

Latest from Blog