Bolalarga Aliment toʻlovlari jamgʻarmasidan aliment toʻlash tartibi belgilandi

Foto: Norma.uz

Hukumat qarori (427-son, 03.08.2022-y.) bilan Alimet toʻlovlari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, Jamgʻarma mablagʻlari voyaga yetmagan farzandini moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlaganlik uchun qarzdor jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, aliment toʻlovlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni (ushbu jinoyat natijasida yetkazilgan zararni) qoplab berishga (biryoʻla undiruvchiga toʻlab berishga) yoʻnaltiriladi.

Aliment toʻlovlarini qoplab berish uchun majburiy ijro harakatini amalga oshirgan davlat ijrochisining aliment toʻlovlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi qarori asos boʻlib hisoblanadi.

Aliment toʻlovlari qaror olingan kundan boshlab 2 ish kunidan kechiktirilmagan holda amalga oshiriladi.

Jamgʻarma mablagʻlari aliment toʻlovlarini qoplab berish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, aliment toʻlovlari mablagʻlar kelib tushgan kundan boshlab qoplanadi.

Davlat ijrochisi jamgʻarmadan qoplangan aliment toʻlovlari boʻyicha qarzdordan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha ijro harakatlarini amalga oshiradi.

Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari byudjetga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi davrda foydalaniladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog