Bo‘ka tumanida 1986-yilda tug‘ilgan yigit 1989-yilda tug‘ilgan singlisiga pichoq urdi. Bu haqda, Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Xabar berishlaricha, 13-noyabr kuni soat taxminan 21:00 da aka uyda singlisi bilan janjallashib qolib, uning qorin qismiga bir marta osh pichog‘i bilan urgan hamda unga tan jarohati yetkazgan.
Hodisadan so‘ng singil shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, biroq ayni vaqtda uning hayoti xavf ostida emas va ahvoli qoniqarli.
Viloyat IIBning qo‘shimcha qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.