Bo‘ka tumanida ota o‘z qizini pichoqladi

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida 61 yoshli ota o‘z qizini pichoqladi, deb xabar beradi viloyat IIB rasmiy sayti.

Hodisa 2017-yilning 15-oktabr kuni soat 00:30 larda yuz bergan. Bo‘ka tumanida yashovchi, nafaqaxo‘r ota uyida o‘zaro janjallashib, shu manzilda yashovchi 37 yoshli qizini tanasining turli joylariga 3 marotaba osh pichog‘i bilan urib, unga og‘ir jarohat yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Latest from Blog