//

BMT: Ukrainada urush boshlanganidan beri 18 mingga yaqin tinch aholi halok bo‘ldi va yaralandi

Foto: STTK

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining yangi hisobotiga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan buyon 7 mingga yaqin ukrainalik tinch aholi halok bo‘ldi, 11 mingga yaqin ukrainalik yaralandi.

Dekabr oyida, hisobotda taʼkidlanganidek, kuzatuvchilar Ukraina tinch aholisi orasida 165 kishining o‘limini qayd etgan. Shu bilan birga, 500 dan ortiq tinch aholi turli darajadagi tan jarohatlari oldi.

Umuman olganda, 2022 yil 24 fevraldan 26 dekabrgacha bo‘lgan davrda Ukrainada 6884 nafar tinch aholi halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida 2719 erkak, 1832 ayol va 391 bola bor.

Bu davrda Ukrainaning 10 947 nafar fuqarosi turli darajadagi og‘irlikdagi jarohatlar oldi, jumladan, 2364 nafar erkak, 1709 nafar ayol va 547 nafar bola.

24 fevraldan beri eng ko‘p o‘lim (4052 kishi) Donetsk va Lugansk viloyatlarida qayd etilgan. Ukrainaning boshqa viloyatlarida fevraldan dekabrgacha 2832 kishi halok bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, halok bo‘lganlarning aksariyati yirik miqyosdagi portlovchi qurollardan foydalanish, jumladan, og‘ir artilleriya va ko‘plab raketa hujumlari, shuningdek, raketa va havo zarbalari tufayli sodir bo‘lgan, deyiladi xabarda.

BMT qayd etishicha, haqiqiy qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkin, chunki faol harbiy harakatlar zonasidan maʼlumotlar kechikish bilan keladi. Bu Mariupol, Izyum, Lisichansk, Popasna, Severodonesk kabi shaharlardir.

Ukrainada, Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinining boshidan beri 35 mingdan ortiq obyektlar vayron qilingan. Jumladan, snaryadlar natijasida 702 ta muhim infratuzilma obyektlari, yaʼni gaz quvurlari, elektr podstansiyalari va ko‘priklar shikastlangan. Departamentning qayd etishicha, o‘qqa tutilishdan eng ko‘p Xarkov, Donetsk va Lugansk viloyatlari jabr ko‘rmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog