Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) doirasida Janubiy Sudanga birinchi oziq-ovqat yordamini yubordi.
Bu haqda berilgan yozma ravishdagi bayonotga ko‘ra ushbu birinchi yordamni Janubiy Sudanga yetkazib berguvchi karvon, Sudan tuproqlaridan o‘tgan yangi gumanitar yo‘lakdan foydalangan.
Bayonotda ma’lum qilinishicha karvon 1 200 tonna oziq-ovqat yordami yuklangan 27 ta yuk tashuvchi mashinadan iborat. Ularning ko‘zlangan manzilga yetib borishi kamida 5 kun davom etadi.
Shuningdek bayonotda aytilishicha kelasi haftalarda har biri 40 ta yuk tashuvchi mashinadan tashkil topgan 7 ta karvonda jami 11 ming tonna oziq-ovqat yordamining yuborilishi rajalashtirilmoqda. Mazkur miqdor 3 oygacha 300 ming kishining oziq-ovqat ehtiyojini ta’minlaydi.