BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab turnesi doirasida Orolbo‘yi mintaqasida bo‘ladi, deb xabar bermoqda Podrobno nashri Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spiker o‘rinbosari Boriy Alixonovga asoslanib.
Foto: UHURUSPIRIT.org
BMTning yangi bosh kotibi iyun oyining birinchi yarmida Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab safarga chiqadi.
«Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, Orol va Orolbo‘yidagi holat bilan tanishiladi. Janob Guterresh ekologik obyektlarga tashrif buyuradi», — degan Alixonov.
BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun 2010-yilning aprel oyida O‘zbekistonda bo‘lgan. O‘shanda u Nukusga tashrif buyurgan va Orol dengizini vertolyotda turib kuzatgan.
Portugaliya sobiq bosh vaziri Antoniu Guterresh 2017-yilning 1-yanvaridan rasman BMT bosh kotibi lavozimiga kirishgan.