Venadagi BMT binosi roʻparasida toʻrt nafar buyuk olimlar — sharq vakillariga haykal oʻrnatildi. Ular Abu Ali ibn Sino (Avitsenna), Umar Hayyom, Abu Rayhon Beruniy va Zakariy ar-Roziylar. Bu haqda BMTning Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi xabarlar xizmatiga tayanib Sputnik maʼlum qilingan.
Monument sharq uslubida ishlangan. Tarix davomida ular dunyodagi ilm-fan rivojida muhim rol oʻynadilar, ulardan ayrimlari turli ilmlarda haqiqiy inqilobni yuzaga keltirdilar va bu bilan oʻz nomlarini insoniyat tarixida abadiylashtirdilar, deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Umar Hayyom — buyuk faylasuf, matematik, falakshunos, shoir sifatida dovruq qozongan. Ibn Sino — buyuk tabib, shoir, faylasuf, matematik boʻlgan. Abu Rayhon Beruniy — olim, matematik, munajjim, falakshunos, antropolog, hindshunos va tarixchi sifatida nom qozongan. Zakariyo ar-Roziy — shifokor, faylasuf va kimyogar, alkogol va sulfat kislotasini kashf qilgan olim.