BMT AQShning global migratsiya shartnomasida ishtirok etishdan bosh tortgani uchun afsusda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining (BA) 72-sessiyasi raisi Miroslav Laychak Qo‘shma Shtatlar 2018-yilda qabul qilinishi rejalashtirilgan migratsiya bo‘yicha global kelishuvga a’zo bo‘lishdan bosh tortganidan tashkilotning afsusdaligini bildirdi. Bu haqda yakshanba kuni BA matbuot kotibi Brendan Varma ma’lum qildi, deb yozmoqda TASS.

Foto: REUTERS / Lucas Jackson

«Nyu-Yorkda qochqinlar va muhojirlar haqidagi Deklaratsiyada BMTga a’zo bo‘lgan barcha davlatlar, hech bir davlat xalqaro muhojirlar jarayonini mustaqil boshqarish imkoniga ega emasligini e’tirof etdi. Shu asosda ishtirok etuvchi davlatlar yuqori darajadagi 2018-yilda global kelishuvni qabul qilishga olib keladigan jarayonni boshlashga qaror qilishdi «, – deyiladi bayonotda.

«Qo‘shma Shtatlarning ushbu jarayonda tutgan o‘rni juda muhim, chunki u tarixda ham butun dunyodagi muhojirlarni qabul qilib kelgan, hozirda ham qabul qilmoqda. Shuning uchun ushbu jarayonning muvaffaqiyatli amalga oshishida AQShning tajribasi va bilimi juda muhim», – deya qayd etiladi bayonotda.

Shanba kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi AQShning doimiy vakolatxonasi mamlakatning migratsiya bo‘yicha global kelishuvga a’zo bo‘lishdan voz kechishini e’lon qildi. Vashington vakillarining ta’kidlashicha, shartnomaning ko‘pgina qoidalari AQSh migratsiya siyosati va prezident Donald Trampning boshqaruv tamoyillariga javob bermaydi.

Vashington 2016-yilda sobiq prezident Barak Obamaning boshchiligida shartnoma tuzish jarayoniga qo‘shilgan edi.

Diplomatik missiya esa 2016-yilda imzolangan shartnoma loyihasini tayyorlash jarayonida, AQShning kelishuvda ishtirok etishga rozi bo‘lganini eslatdi. O‘shanda Amerika tomoni 2016-yil 19-sentabrda qabul qilingan Nyu-York Deklaratsiyasiga qo‘shilgan edi.

BMTning 193 ta a’zosi 2018-yilda migratsiya oqimlari va qochqinlarga qarshi choralar bilan shug‘ullanadigan ikki global bitimni qabul qilishni va’dalashib olishgan.

Latest from Blog