Bir yilda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 35 %ga o‘sdi

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni tartibga soluvchi asosiy hujjat Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomadir.

Foto: O‘zbekiston Preizdenti Matbuot xizmati

Bundan tashqari o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvdi 130 ga yaqin hujjatlar imzolangan.
Jumladan, Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi davomida 27 ta rasmiy hujjat imzolandi. Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitim esa alohida ahamiyatga ega.

Emonali Rahmonning tashrifi davomida 20 dan ortiq hujjat imzolanishi nazarda tutilgan.
ayni paytda Tojikistonda yettida o‘zbek savdo uylari bor. Toshkentda Tojikiston savdo uyi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

2017-yilda ikki tomonlama savdo aylanmasi 136,8 million dollorni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilning birinchi yarim yilligida bu ko‘rsatkich 160 million dollorni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi natijalardan 35% o‘sish bo‘lganini ko‘rsatadi.

Hamkorlikni yanada kengaytirish uchun sa’y-harakatlar davom etmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog