Bir oy davomida 5 000 dan ortiq elektron viza berildi

Bir oy ichida e-visa.gov.uz xizmati orqali 5 000 dan oshiq chet elliklarga O‘zbekistonga kirish vizasi taqdim etildi, deya xabar qildi «Gazeta.uz» bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovga tayanib.

Foto: Gazeta.uz

Bosh vazir o‘rinbosari ma’lumotlariga ko‘ra, bir oy davomida 42 mamlakatdan 5 460ta ariza kelib tushgan. Ularning katta qismi — 1190 tasi Xitoydan, 671 tasi — AQShdan, 611 tasi — Buyuk Britaniyadan, 403 tasi — Hindistondan, 339 tasi — Fransiyadan, 311 tasi — Germaniyadan va 253 tasi — Avstraliyadan.

15-avgust holatiga ko‘ra, 5 025 ta viza berildi. Bir nafar Fransiya fuqarosiga O‘zbekistonga kirish vizasini taqdim etish rad qilindi.

O‘zbekistonga kirishga elektron vizalarni rasmiylashtirish va taqdim etish tizimi 15-iyulda ishga tushirilgan edi. Birinchi ikki kunda 28 davlat fuqarolaridan 196ta ariza kelib tushdi. Yarim oy ichida esa 41 davlatdan 2 784 arizachi murojaat qildi.

Fikr bildirish

Latest from Blog