Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar, shuningdek, Navoiy va Zarafshon shaharlari, qolaversa, Konimex hamda Navbahor tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.
Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Qodirov Baxodir Raximovich tayinlandi, deb xabar berdi O‘zA.
Tayinlovga qadar u Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Navoiy shahar hokimi lavozimiga Egamqulov Muratxan tayinlandi. Bungacha u Konimex tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Konimex tumaniga esa Navoiy viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Ro‘ziyev Ruslan Nasirovich hokim etib tayinlandi.
Shu kunga qadar Navoiy viloyati mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan O‘roqov Azamat Shodiyevich esa Navbahor tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.