Xalqaro kriptovalyuta birjasi Binance integratsiya jarayonini yakunlab, O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun rasmiy platformani ishga tushirdi.
Ushbu yechim Coinpay platformasi orqali amalga oshirilib, Milliy istiqbolli loyihalar agentligi (MILА) ko‘magida yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda O‘zbekiston foydalanuvchilari kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish, milliy valyutada mablag‘ kiritish va yechib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu jarayon bank kartalari va mahalliy to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston rezidentlari Binance platformasiga faqat Coinpay veb-saytida joylashtirilgan havola orqali kirishlari lozim. Barcha operatsiyalar, jumladan, mablag‘ kiritish va yechib olish faqat milliy valyutada, bank kartalari va mahalliy to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilishi mumkin.