Beruniyda yigit o‘g‘rilikda gumonlanib bozor o‘rtasida qo‘lidan osib qo‘yildi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumani Shabboz bozorida o‘g‘ri deb gumonlanib ushlangan shaxsni qo‘lidan osib qo‘yishgani aks etgan video tarqalgandi.

Foto: Uz24.uz

Deputat Nuriddin Zaynitdinov Facebook’dagi sahifasida bu holatni keskin qoraladi:

Ijtimoiy tarmoqlarda bugun tarqalgan “bozorchi”lar tomonidan o‘g‘rilikda ayblanib, darvozaga qo‘lidan osib qo‘yilgan yigit aks etgan ushbu video inson g‘azabini keltirmasdan iloji yo‘q. Biz nechinchi asrda yashayotganimizni uylab qolasan kishi, 15 asrdami? Bu bosar-tusarini bilmay qolagan «samosud»chi -“bozorchi”lar, bizning jamiyatda qonun ustuvorligini unutib, huquq-tartibot xizmatlari va sudning vakolatlarini nahot o‘z zimmalariga olgan bo‘lsalar… Bu bozorni militsiyasi, “bozorkom”i, tumani prokurori, hokimi bormi?

Kim bo‘lishidan qa’ti nazar bunday holatga yo‘l qo‘ylishi mumkin emas edi. Hech qachon!, deya o‘z fikrlarini yozib qoldirdi deputat.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasi, Inson huquqlari bo‘yicha Umumjahon deklaratsiyasining 11-moddasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar bo‘yicha xalqaro paktning 14-moddasi hamda JPKning 23-moddasiga muvofiq, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi.

Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi.

Faqat asosli va odilona jazo tayinlash orqaligina jamiyatni jinoiy xurujlardan samarali himoya etish, sudlanganlarni tuzatish va qayta tarbiyalashga erishish, sudlanganlar hamda boshqa shaxslar tomonidan yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishni ta’minlash mumkin, deb fikrini yakunlaydi Nuriddin Zaynitdinov.

Fikr bildirish

Latest from Blog