Berlinda noma’lum shaxs avtomobilni trotuardagi piyodalar ustiga haydadi

Berlinda noma’lum shaxs avtomobilni trotuardagi piyodalar guruhi ustiga haydashga harakat qildi. Buning oqibatida hech kim jarohat olmagan, yo‘lovchilar qochib qolishga ulgurgan. Bu haqda Spiegel online nashriga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: “SZAO pressa”

Germaniya politsiyasi gap haydovchi hodisa joyidan qochib ketgan YTH haqida ketmoqda, deb hisoblamoqda. “Dastlabki ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqda. Spekulyatsiyalardan ehtiyot bo‘lish kerak, axir ayni vaqtda terakt sodir etilishi haqida ko‘p gapirilmoqda”, — dedi Berlin senatining ichki ishlar bo‘yicha vakili Andreas Gayzel.

Noxush hodisa 10-noyabr kechasi poytaxtning Raynikkendorf hududida sodir bo‘lgan. Avtomobil trotuarga chiqib ketib u yerda turgan mototsiklga urilgan, shundan so‘ng boshqa tomonga burilib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Berlin IIVning ta’kidlashicha, bu ataylab qilinganmi yoki haydovchi ehtiyotsizlik tufayli yo‘ldan chiqib ketganmi hozircha noma’lum.

Huquq-tartibot xodimlarining aniqlashicha, avtomobil marokashlik fuqaro tomonidan ijaraga olingan bo‘lgan. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

Latest from Blog