Bu haqda Prezidentning “Yuqumli boʻlmagan kasalliklarning profilaktikasini, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarorida belgilandi.
- Qarorga koʻra, alkogol mahsuloti idishining yorligʻida hamda tamaki mahsulotining qutisida (oʻrovida) tibbiy ogohlantirishlarni joylashtirish uchun asosiy maydon oʻlchamini kengaytirish;
- tamaki mahsuloti qutisida (o‘rovida) matnli yozuv va rasm tarzidagi tibbiy ogohlantirishlarni joylashtirish;
- alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boruvchi organlarni hamda shunday nazoratni olib borishning mexanizmlarini aniqlashtirish;
- jamoat joylari va transportning belgilanmagan joylarida alkogol va tamaki mahsulotlar isteʼmoli uchun javobgarlikni kuchaytirish;
jamoat joylarda va transportning belgilanmagan joylarida alkogol va tamaki mahsulotlari isteʼmolini cheklash maqsadida vakolatli shaxslar tomonidan (korxona, tashkilot, muassasalarning maʼmuriyatlari, shu jumladan, jamoat joylarida joylashgan inshoot, bino (imorat), boshqa obyektlar hamda transport vositalarining egalari) choralar koʻrilmagani uchun javobgarlik belgilandi.
Tarkibida yogʻ, tuz va qand miqdori koʻp boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda cheklovlar boʻladi.
- Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining arterial gipertoniya, qandli diabet, bronxial astma va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va boshqa yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bo‘yicha klinik protokollar, standartlar hamda tavsiyalar talablarini;
- qo‘llab-quvvatlovchi kuratorlik tizimi orqali tibbiy xizmatlarning uzluksiz baholash va sifatini oshirish mexanizmlarini;
Har bir bemor uchun yuqumli boʻlmagan kasalliklar va xavf omillari boʻyicha salomatlik profillarini yaratishni nazarda tutgan dasturiy taʼminoti tatbiq etiladi.
Endilikda oziq-ovqat mahsulotlar tarkibida yog‘lar, tuz va qand miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlar toifasiga kiritish mezonlari va tartibi ishlab chiqiladi.
Shuningdek, tarkibida yog‘lar, tuz va qand miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish, ishlab chiqarish (tayyorlash), sotish va iste’moli cheklanadi.