“Motovelozavod” kompaniyasi (Belarus) O‘zbekistonda velosiped ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Belarus davlat telegraf agentligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.
Kompaniya Andijon viloyati hokimligi bilan mazkur viloyat hududida velotexnika ishlab chiqarishni tashkil etish niyatida kelishuvga erishgan.
Tomonlar birinchi navbatda velosiped ishlab chiqarishni boshlaydigan qo‘shma korxona tashkil etadi, kelgusida esa bu yerda mototsikllar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yiladi.
Tashkil etilayotgan korxonaga O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi boshqa qo‘shma korxonalar uchun o‘rnatilgan imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etish to‘g‘risida ham kelishib olingan.