Oqqo‘rg‘on tuman IIBga 1973-yilda tug‘ilgan A.A ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradiToshkent viloyati IIB matbuot xizmati.
Fuqaro o‘z arizasida joriy yilning 15-dekabr kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs hech kim yo‘qligidan foydalanib, uyi molxonasidan narxi taxminan 6 000 000 so‘mlik ikki bosh qoramolni o‘g‘irlaganligini ma’lum qilgan.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Bekobod tumanida yashovchi 1987-yilda tug‘ilgan B.A sodir etganligi aniqlanib ushlandi.
IIB holat yuzasidan tergov olib bormoqda.