Bekobodda sakkiz yoshli qiz talonchilik qurboni bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB ma’lum qildi.
Xabarnomada aytilishicha, Bekobod tuman IIBga uy bekasi, 1982-yilda tug‘ilgan Mohira Boltaboyeva ariza bilan murojaat qilib, 1-noyabr kuni noma’lum shaxs qizi, 3-sinf o‘quvchisi, 2009-yilda tug‘ilgan Dilnura Boltaboyevani qulog‘idagi tilla ziraklarini yechib qochganini ma’lum qildi.
Olib borilgan tezkor chora tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni uy bekasi, 1993-yilda tug‘ilgan Dildora Bo‘riyeva sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Holat yuzasidan JKning 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ashyoviy dalil olindi. Tergovni IIB olib bormoqda.