“Beeline” kompaniyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati huddudlarida xizmat ko‘rsatuvchi G‘arbiy hududiy filialining (G‘HF) o‘n bir yillik faoliyatining yakunlarini sarhisob qilmoqda. Filial ochilgan paytdan boshlab uning abonentlik bazasi 35 marotabadan ko‘pga oshgan.
Shu yillar davomida ishonchli va zamonaviy tarmoq barpo etildi, tayanch stansiyalarining sonini 23 marotaba oshirdik. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 3G va 4G texnologiyalari rivojlanishi davom ettirar ekan, kompaniya tarmoqni zamonaviylashtirish va mijozlarimiz uchun innovatsion takliflarni ishlab chiqarishga katta ahamiyat bermoqda. Filial xodimlari ijtimoiy loyihalarni amalga oshirib, ofislarda abonentlar uchun ochiq eshiklar kunlarini tashkillashtiradilar. Bundan tashqari “Unitel”ning G‘arbiy filiali direktori Refat Nizamutdinov mamlakatning AKT sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Faxriy yorlig‘i bilan bu yili taqdirlandi.
11 yil mobaynida hududning yuzlab yirik korxonalari “Beeline Business” foydasiga o‘z tanlovlarini amalga oshirdilar: “Operatsionnaya kompaniya Zarubejneftegaz-GPD Sentralnaya Aziya” MChJ, “Taxiatosh TES”, “Elite Star Textile” MChJ, “Nukus Aeroporti” OAJ, “KKPTES” MChJ, “Shimolgazta’minot” OAJ, “Karakalpak Steklotara” MChJ, “Urganch Yog‘ Moy” OAJ, “Nukus Vinozovod” OAJ, chet el kompaniyalarining vakolatxonalari, Tijorat banklari, transport ximatlarini taqdim etuvchi kompaniyalar va boshqalar O‘zbekiston uyali bozoridagi yetakchining mobil va simli aloqasidan foydalanmoqdalar.