“Beeline” Toshkent viloyatida 20dan ziyod baza stansiyalarini ishga tushirdi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” O‘zbekistonning barcha hududlarida tarmoq hajmi va qamrov doirasini kengaytirishda davom etmoqda.  Oyning boshidan Toshkent viloyatida uchinchi avlod tarmog‘ida ishlaydigan 20dan ziyod tayanch stansiyalarini ishga tushirdi. Bu haqda «Korrespondent.uz»ga kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: «Beeline» matbuot xizmati

Tayanch stansiyalari Toshkent viloyatining Alisher Navoiy, Qorasuv, Oq-Ota, Ko‘ksaroy, Surankent, Tolovul, Toshtug‘on, Xasanboy, Shoralisoy, Erkinlik va Yangi Qo‘rg‘on aholi punktlarida ishga tushirildi.

 

Tarmoq infratuzilmasining yangi obyektlari Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Buka, Zangiota, Quyichirchiq, O‘rtachirchiq va Yangiyo‘l tumanlarida 3G tarmog‘i doirasini kengaytirish va aloqa sifatini yaxshilashga imkon yaratdi.

Fikr bildirish

Latest from Blog