“Beeline” roumingdagi mobil Internet uchun narxlarni 90%dan ortiqqa arzonlashtirgani haqida e’lon qiladi. Endi abonentlar dunyoning 160 ta mamlakatiga sayohat qilish chog‘larida Internet uchun eng maqbul narxlar bilan doimo onlayn bo‘ladilar.
Voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ tashqi aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Roumingdagi Internet narxining 10 barobar va undan ko‘pga arzonlashgani – ramziy va misli ko’rilmagan hodisa. Roumingda data-xizmatlardan foydalanish deyarli dabdabalik degan paradigmani aslida “Beeline” buzdi. Bundan buyon abonentlarimiz xorijiy sayohatlardan so‘ng rouming uchun hisoblardan qo‘rqmasliklari va o‘z raqamlarini o‘zgartirmasdan Internetdan erkin foydalish imkoniga egadirlar. Narxlarni keskin pasayishi «Beeline»ning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” dasturi doirasida amalga oshirilgan birinchi qadamlaridan biri bo’lib, uning oxiriga qadar mijozlarimiz uchun yanada qulayliklar yaratish uchun biz mobil Internet tezligini bir necha marta oshirishni maqsad qilib qo’ydik”.
Roumingning tarif doirasi | 1 MB uchun, so‘mdagi eski narx | 1 MB uchun, so‘mdagi yangi narx |
Rossiya | 77 590,30 so‘m | 6 315 so‘m |
MDH | 81 042,50 so‘m | 6 315 so‘m |
Yevropa | 98 303,50 so‘m | 6 315 so‘m |
Osiyo | 96 577,40 so‘m | 6 315 so‘m |
Osiyo-turizm | 82 768,60 so‘m | 6 315 so‘m |
BAA | 73 296,10 so‘m | 6 315 so‘m |
Qolgan mamlakatlar | 86 220,80 so‘m | 25 260 so‘m |
Roumingning tarif doirasi bilan batafsil kompaniya saytida tanishish mumkin: https://beeline.uz/tashkentskaya-obl/customers/mobile/roaming/roamingzone