“Beeline” xalqaro rouming imkoniyatlarini kengaytirmoqda. “Beeline Uzbekistan” abonentlari Fransiyada rouming xizmatidan foydalanishlari mumkin. “Free Mobile” mobil operatori “Beeline” abonentlari uchun mamlakat bo‘ylab internet xizmatlarini taqdim etuvchi rouming-hamkorga aylandi.
Mamlakatga kirib kelgan abonentlar telefonlarini yoqishlari bilan bir necha daqiqa o‘tgach, apparat tarmoqda mustaqil ravishda ro‘yhatdan o‘tadi. Ayrim vaziyatlarga ko‘ra bu sodir bo‘lmasa, telefon menyusida abonent tarmoqni tanlashi lozim. So‘ngra qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, hamda internetdan foydalanish mumkin. E’tibor bering: roumingda barcha qo‘ng‘iroqlar pullik, “Beeline” raqamidan kirish qo‘ng‘iroqlari ham.
“Beeline” 2010-yildan boshlab O‘zbekistondagi yetakchi rouming-operator bo‘lib kelmoqda. Beeline ovozli rouming xizmati dunyoning 185 mamlakatida 489 ta horijiy operatorlar bilan ishonchli sheriklik aloqalari tufayli taqdim etilgan. “Beeline” abonentlari GPRS-roumingdan, kompaniya 372 mahalliy uyali aloqa kompaniyalari bilan hamkorlik qilayotgan, dunyoning 161 davlatlarida foydalanishlari mumkin. CAMEL-rouming ximati kompaniya mijozlariga 103 ta dunyo mamlakatlarida 231 operatorlar tomonidan taqdim etiladi.