“Beeline Club” o‘z hamkori “Tryufel” restorani bilan birgalikda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Beeline Club” sahifasida sovrinli tanlovni e‘lon qildi. Sovrin – ikki kishilik tushlik uchun sertifikat.
Tanlovda ishtirok etish uchun tanlov haqidagi yangilikga Like bahosini qo‘yish, tanlov posti ostida sharh qoldirish lozim. Tanlov 2017-yilning 20-iyul kuniga qadar davom etadi va g‘oliblar random.org ommabop sayti orqali tasodifiy sonlar generatori yordamida aniqlanadi.
Tanlov natijalari skrinshot tarzida www.facebook.com/beelineclub sahifasida e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, “Beeline” brendi O‘zbekiston Respublikasi hududida “Unitel” MChJning savdo belgisi hisoblanadi. Kompaniya 1996-yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning tijorat faoliyati 1997-yil 25-sentabr kuni boshlangan. Hozirgi kunda kompaniya O‘zbekiston GSM-operatorlari qatorida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. 2016-yilning natijalari bo‘yicha kompaniya abonentlarining soni 9 506 503 kishini tashkil qildi.