“Beeline” abonentlarining hisobini “Yevroset” do‘konlarida komissiyasiz to‘ldirish mumkin

Beeline va “Евросеть” Beeline O‘zbekiston abonentlarining hisoblarini to‘ldirish bo‘yicha xizmatni ishga tushirdilar. Texnologik yechimni «МОБИ.Деньги» kompaniyalar guruhi taqdim etdi.

Endi «Евросеть» do’konlarida «Beeline» abonentining mobil telefoni balansini komissiyasiz tez va oson to’ldirish mumkin. Xizmatdan foydalanish uchun mijoz “Евросеть” do‘konlaridan biriga murojaat etishi lozim. Hisob onlayn ravishda to‘ldiriladi.

“Xizmat chet elga safarga ko‘p chiqadigan abonentlar uchun mo‘ljallangan. Undan abonentning boshqa mamlakatda yashaydigan do‘st va yaqinlari, shuningdek o‘z yaqinlarining hisobini to‘ldirishni istovchilar uchun foydalanishlari qulay. Bundan tashqari telefon hisobini bir zumda to‘ldirish rouming doirasida bo‘lgan abonentlar uchun ham juda qulaydir”, — deydi “Unitel”ning tijorat direktori Maksim Yefremov.

Latest from Blog