/

Bayden Kubani terrorizm homiylari ro‘yxatidan chiqarishga qaror qildi

AQSh Prezidenti Jo Bayden Kubani vaqtincha terrorizm homiylari ro‘yxatidan chiqarishga qaror qilgani haqida seshanba kuni Oq uy ma’lum qildi.

«Men xulosaga keldimki, (…) Kubaning ushbu ro‘yxatga kiritilishi to‘g‘risidagi qarorni olti oyga to‘xtatib turish AQSh manfaatlariga mos keladi va Kubaning demokratiyaga o‘tish jarayonini tezlashtiradi», — deydi Bayden AQSh Kongressiga yuborgan xabarnomada.

Associated Press agentligi manbalarga tayanib, Oq uy bunday qadamni Vatikan vositachiligida Gavananing ishtirokida erishilgan kelishuv doirasida qo‘yganini ta’kidlamoqda. O‘z navbatida, Kuba tomoni Baydenning prezidentlik muddati tugaydigan 20-yanvar kuni bir necha o‘nlab siyosiy mahbuslarni ozod qilishga rozi bo‘ldi.

Agentlikning qayd etishicha, Baydenning ushbu qarori Kubaga qarshi iqtisodiyotga nisbatan joriy qilingan qator cheklovlarni bekor qilish imkonini beradi.

Shu bilan birga, Associated Press’ga ko‘ra, Baydenning Kubaga nisbatan qabul qilgan ushbu choralar, ehtimol, qisqa muddatli bo‘ladi. Katta ehtimol bilan AQShning keyingi prezidenti Donald Tramp ularni tezda bekor qiladi.

Ham Tramp, ham uning davlat kotibi lavozimiga nomzod Marko Rubio ilgari Gavanga nisbatan keskin choralarning tarafdori bo‘lganliklarini bir necha bor bildirgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog