«Oʻzbekkino» milliy agentligi qoshidagi Badiiy kengash aʼzolarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Kun tartibida koʻrilgan masalalar orasida «Baron — 2» filmi haqida ham soʻz bordi.
Jumladan mazkur filmga taniqli chet ellik kinoaktyorlarning jalb etilayotgani, kartinani bir qator xorijiy mamlakatlarda tasvirga olish koʻzda tutilayotgani eʼtirof etildi. Shuningdek, ijodiy guruhga ssenariydagi ayrim juzʼiy kamchiliklar yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Rejissor Rustam Saʼdiyev mazkur loyiha ilk «Baron» filmi kabi tomoshabinlar koʻnglidan joy olishiga va xalqaro miqyosda ham nom qozona olishiga umid bildirdi.
Maʼlumotlarga koʻra, mazkur loyiha uchun Buyuk Britaniya, Ispaniya, Rossiya, Turkiya, Ozarboyjon, Suriya, Qozogʻison, Tojikiston kabi davlatlardan taniqli aktyorlar taklif etilishi rejalashtirilmoqda.