“Barkamol avlod – 2017” sport musobaqalarining ilk g‘oliblari nomi ma’lum bo‘ldi

Xabaringiz bor, 24-27-may kunlari Jizzax shahrida “Barkamol avlod – 2017” sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi bahslar haqida saytimizga O‘zbekiston Milliy universitetining onlayn jamoasi xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekiston Milliy universitetining onlayn jamoasi

Bugun Jizzax olimpiya zahiralari sport kolleji, Politexnika instituti, institut qoshidagi akademik litsey hamda “Sug‘diyona” sport majmuasi ishtirokchilar bilan gavjum bo‘ldi. Og‘ir atletika, badminton, gandbol, basketbol, dzyudo, futbol, suzish, shaxmat, tennis, stol tennisi kabi yo‘nalishlarda ishtirokchilar final va yarim final bahslarini olib borishdi.

Foto: O‘zbekiston Milliy universitetining onlayn jamoasi

Basketbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan yarim final bahslarida Jizzax viloyati jamoasi a’zolarining qo‘li baland keldi. Ular endi musobaqaning final bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi bilan bahslashadi.

Foto: O‘zbekiston Milliy universitetining onlayn jamoasi

Shu kuni 69 kilogramlilar o‘rtasida og‘ir atletika baxslarining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in va murosasiz baxslarga sabab bo‘lgan bellashuvda 3-o‘rin andijonlik sporchi Muhammadjon Dehqonboyevga, 2-o‘rin yana andijonlik sportchi Hasanboy Toxirovga va 1-o‘rin Toshkent viloyati sportchisi Atham Ergashevga nasib etdi.

Foto: O‘zbekiston Milliy universitetining onlayn jamoasi

Fikr bildirish

Latest from Blog