Ayrim toifa transport vositalariga Toshkentga kirish cheklanadi

Belgilangan ekologik meʼyorlarga javob bermaydigan transport vositalarining Toshkentda harakatlanishi cheklanadi. Bu haqda Prezidentning joriy yil 2-iyun kuni imzolangan PQ-171-sonli qarorida belgilab qoʻyildi.

Mazkur hujjatga koʻra, poytaxtning 4 ta kirish yoʻl patrul maskanlarida doimiy ekologik postlar tashkil etiladi.

Yaʼni, tunu-kun ishlaydigan postlar:

Uchqahramon;
Erkin;
Sharq;
Bektemir.

Shuningdek, Toshkentda “N-2” (yuk tashish quvvati – 3,5-12,0 tonna) va “N-3” (yuk tashish quvvati 12,0 tonna) toifasiga kiruvchi transport vositalarining harakati tartibga solinadi. Bunda oʻrnatilgan standartlarga javob bermaydigan transport vositalarini kichik avtomobil halqa yoʻli orqali harakatlanishi taʼminlanadi.

Fikr bildirish

Latest from Blog