Atoqli adib Nodir Normatov vafot etdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron.
«Atoqli adib Nodir Normatov 68 yoshida vafot etdi. Marhum bugun (15.04) asrda Yalangʻoch Ota qabristonida dafn etiladi.Inna lillahi va ilahi rojiʼun. Olloh rahmatiga olsin! Adibning oilasiga: yangamizga, farzandu nabiralariga hamdardmiz, sabr va rizolik tilaymiz», — deyiladi xabarda.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ayni vaqtda marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirmoqdalar.
«Joylari jannatdan boʻlsin. Yaxshi inson, adabiyot va sanʼatning fidoyisi edilar», — deb yozgan Gulnoz Moʻminova.
«Joylari jannatdan boʻlsin! Bolaligimda adibning bir hikoyasi asosida yaratilgan radio postanovkani eshitib qattiq taʼsirlanganman. Unda asar qahramoni bir kun davomida chumolilar hayotini kuzatishga musharraf boʻladi. Oʻziga xos uslubi bor edi», — deb yozgan Ural Normatov.