/

Armaniston Ozarbayjon bilan sulhga erishganini e’lon qildi

Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan Ozarbayjon bilan tinchlik kelishuviga erishilgani haqida ma’lum qildi. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, Boku bilan imzolash uchun hozircha biror hujjat yoki kelishuv tayyorlanayotgani yo‘q.

“Xalqaro hamjamiyatning ishtiroki tufayli 14-sentyabr soat 20:00 dan (Toshkent vaqti bilan 21:00) sulh bo‘yicha kelishuvga erishildi. Umid qilamizki, Ozarbayjon bu kelishuvga amal qiladi”, — dedi davlat kotibi Armen Grigoryan Jamoat televideniyesi efirida.

14-sentyabr kuni tushdan keyin Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan parlamentda mamlakat uchun “mustahkam tinchlik va xavfsizlik”ni kafolatlaydigan hujjatni imzolash rejasi haqida ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng Yerevanda norozilik namoyishlari boshlandi. Keyinroq Pashinyan uning so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilingani va shu paytgacha Boku bilan hech qanday hujjat imzolanmaganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 13-sentyabrga o‘tar kechasi Armaniston Mudofaa vazirligi chegara hududi Ozarbayjon tomonidan o‘qqa tutilgani haqida xabar berdi. Boku bu voqeani Armaniston tomonidan 12-sentabrda sodir etilgan otishmaga javob deb atadi. Tomonlar rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Armaniston—Ozarbayjon chegarasidagi to‘qnashuvlar oqibatida ikki kun ichida kamida 150 kishi halok bo‘lgan.

14-sentyabr oqshomida Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov Boku Yerevanga o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilganini aytdi. 15-sentyabr kuni KXSHT vaziyatni baholash uchun bosh kotib boshchiligida eskalatsiya zonasiga o‘z missiyasini yuboradi.

Fikr bildirish

Latest from Blog