Aqto‘beda halok bo‘lganlarning oilalariga kompensatsiya ajratiladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Irgiz tumanida avtobus yonishi oqibatida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari oilalarining barchasiga bir martalik nafaqa ajratildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: RIA

Mahalliy ijro hokimiyati organlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari hamda mahalla faollari tomonidan halok bo‘lganlarning oilalariga ma’naviy va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog