AQShda sobiq hamshira Jenin Jons kamida 60 ta go‘dakni hayotiga zomin bo‘lganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda France-Presse nashri San-Antonio okrugi prokuraturasiga tayanib xabar bermoqda.
Foto: aif.ru
Jons 1984-yilda 15 oylik go‘dakni o‘ldirganlikda ayblanib, ayni paytda Texas shtatidagi qamoqxonada muddatini o‘tamoqda. O‘shanda hamshiraning chaqaloq tanasiga dorining o‘limga olib boruvchi dozasini yuborgani aniqlangan. Bundan tashqari, yana shu hol boshqa chaqaloq bilan ham takrorlangan. Ikkinchi chaqaloqning hayotini saqlab qolishga erishilgan. Ikkala jinoyati uchun sobiq hamshiraga 99 yil ozodlikdan mashrum qilish jazosi qo‘llanilgan.
Okrug prokurorining so‘zlariga ko‘ra, avvalroq Jons 1981-yilda vafot etgan chaqaloqning o‘limida ham ayblangan.