AQShda senator Jon Makkeyn 81 yoshida vafot etdi

AQShda senator Jon Makkeyn 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda Gazeta.ru maʼlum qildi.

korrespondent uz 1584

2017-yili unda miya oʻsimtasi aniqlangandi. Xastalikka qaramay, Makkeyn Senatdagi ishini davom ettirdi. Yaqinlari u oʻlimidan bir kun avval davolanishni toʻxtatganini bildirmoqda.

Jon Makkeyn 1987-yildan beri Arizona shtatidan senator edi. 2008-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etgan, biroq kurashni boy bergandi. 2016-yilgi kampaniyada Donald Trampga qarshi chiqdi va u saylanganidan keyin ham tanqid qilishda davom etdi.

Siyosatga kelgunga qadar Makkeyn aviatsiyada xizmat qilgandi. Vyetnam urushi davomida urib tushirilgan va asirlikda 5 yilni oʻtkazgandi.

Fikr bildirish

Latest from Blog