//

AQShda qush grippi sababli vafot etgan birinchi holat qayd etildi

© Getty Images

AQShning Luiziana shtatida qush grippining og‘ir shakli bilan og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan bemor vafot etdi, deb xabar bermoqda ommaviy axborot vositalari.

Xabarlarda ta’kidlanishicha, bu AQShda H5N1 qush grippi virusi sababli insonning vafot etishi bo‘yicha birinchi holatdir.

Marhum 65 yoshdan katta bo‘lgan. U uy va yovvoyi qushlar bilan muloqot qilishi natijasida qush grippiga chalingan.

The Hill ta’kidlashicha, bemorning o‘limi haqidagi xabar Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari o‘tgan oy Luiziana shtatidagi bemorda virus mutatsiyaga uchragan va uni yanada yuqumli holga keltirganini aytganidan keyin kelgan.

Nashrning qayd etishicha, AQShda H5N1 virusi bilan zararlanishning kamida 66 holati qayd etilgan. Ularning barchasi, Luiziana holatidan tashqari, yengil o‘tgan — nafas olish tizimi kasalliklari yoki konyunktivit ko‘rinishida. Ko‘pgina holatlar mol yoki qushlar bilan muloqot tufayli yuzaga kelgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog