AQShda o‘zbekistonlik ayol 150 mln dollarlik firibgarlikni amalga oshirgani aniqlandi

AQShda sog‘liqni saqlash sohasidagi yirik firibgarlik sxemasi fosh qilindi, deb yozadi Gulf Lifestyle Bruklin tuman prokurori Erik Gonsalesga tayanib. Undan yetgan zarar qariyb 150 million dollarni tashkil qildi.

VFL.RU - ваш фотохостинг

Ushbu ish bo‘yicha 20 kishi, shu jumladan, shifokorlar va Nyu-York politsiya boshqarmasi jarrohi qo‘lga olindi. Ular Medicaid va Medicare davlat dasturlarini aldash uchun kam ta’minlangan bruklinliklarning zaifliklaridan foydalanganlikda gumon qilinmoqda. Hibsga olinganlarning ko‘pchiligini sobiq sovet respublikalari fuqarolari tashkil etadi.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, firibgarlik sxemasi boshida 35 yoshli Kristina Mirboboyeva turgan, ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga ko‘ra, u AQShga Samarqanddan kelgan. Hech bo‘lmaganida, u yerda u maktabni va OTMni bitirgan. Firibgarlar 2015-yilning 1-yanvaridan 2017-yilning 30-noyabrigacha davlatning kamida 146 million dollar mablag‘ini o‘zlashtirgan.

Firibgarlik shundan iborat ediki, maxsus yollovchilar ijtimoiy imtiyozlar beriladigan odamlarga sug‘urta olib, sxema tarkibiga kiradigan klinikalardan birida tibbiy ko‘rikdan o‘tishga rozi bo‘lishi uchun 30—40 dollar taklif qilgan.

Potensial bemorlarni asosan kam ta’minlangan shaharliklar yashaydigan joylardan, xususan, Ist Nyu-Yorkdagi qashshoqlar uchun bepul yemakxona va Bushvikdagi ishga joylashish markazidan izlashgan. Rekruterlar har bitta yollangan bemor uchun 30 dan 50 dollargacha olgan.

Davlat sug‘urtasiga ega kishi aytilgan tibbiy ofisga bir marta kelib, u yerda unga mutlaqo keraksiz bo‘lgan 25—50 dollarlik muolajani olishi kifoya bo‘lgan, shundan so‘ng uning sug‘urta polisi raqami tibbiy ko‘rikka pul olish uchun ko‘p marotaba ishlatilgan.

Aldov yo‘li bilan olingan pullar butun dunyo bo‘ylab joylashgan qalbaki kompaniyalar orqali “yuvilgan”.

Mirboboyevaning o‘zi ijtimoiy tarmoqlarga doimiy ravishda hashamatli sayohatlari va qimmatbaho xaridlari suratlarini qo‘yib borgan. Bundan tashqari, u Bruklinning eng nufuzli qismidan 3,25 million dollarga apartamentlar sotib olgan, uning sheriklaridan biri esa Brayton-Bich hududidan 2,8 million dollarga xonadon xarid qilgan.

Firibgarlikda qatnashgan Nyu-York politsiya boshqarmasi jarrohi soxta analizlar “rasshifrovkasi” uchun javob bergan. Ayni paytda ularning barchasi hibs ostida saqlanmoqda.

Latest from Blog