AQShning Alabama shtatidagi cherkov yaqinida tashkillashtirilgan Pasxa karnavali vaqtida qurolli otishma sodir bo‘ldi. Otishmada ikki o‘smir va bir bolakay jarohat oldi, deya xabar bermoqda AL.com.
Hodisa 15-aprel oqshomida sodir bo‘ldi. Bu vaqtda Jefferson okrugi ibotxonasi qarshisiga 100 ga yaqin odam to‘plangan edi. Ibotxona ichida 800 tadan ortiq odam bo‘lgan.
Huquq-tartibot organlari beshta gumondorni so‘roq qilib ulgurgan. Okrug sherifi o‘rinbosari Rendi Kristianning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlarning ahvoli og‘ir emas. Ular ayni vaqtda shifoxonada.
Hodisa joyiga shanba oqshomida 60 ga yaqin politsiya hamda 35 ta o‘ch o‘chirish mashinalari yetib kelgan.
Hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan videorolikni foydalanuvchilardan biri Twitter’ga joyladi. «Shahrim uchun ibodat qilaman», deya izohladi foydalnuvchi videoni.
Pray for my city‼️💯 Center point parkway pic.twitter.com/CYj5M6bCzX
— Capstone CMT C🏎💨💰 (@C_JWTM) 16 апреля 2017 г.