AQSh savdo vaziri ilk bor O‘zbekistonga keladi

AQSh savdo vaziri Uilbur Rossning O‘zbekistonga ilk tashrifi kutilmoqda. Bu haqda Vashingtondagi Milliy press-klubda Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti tomonidan chop etilgan “O‘zbekistonning yangi yuzi” kitobi taqdimotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi Sputnik.

0021 korrespondent uz AQSh Savdo Vaziri
Foto: AFP

Tashrif oktabr oyida bo‘lib o‘tishi bildirilmoqda. Bu oyda O‘zbekistonda AQSh biznesi haftaligi o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan. Yuqori martabali amaldorning kelishi shu bilan bog‘liq bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas.

Ma’lumot uchun, joriy yil 8 oyida ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi qariyb 300 million dollarni tashkil etdi. 2017-yil davomida bu ko‘rsatkich 210,2 million dollardan iborat bo‘lgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog