AQSh Moliya vazirligi Rossiya bilan bogʻliq sanksiyalar roʻyxatini kengaytirganini xabar qildi.
Xususan, faoliyatiga turli cheklovlar kiritilgan kishilar roʻyxatiga Donesk va Lugansk xalq respublikalarining 10ta vazirlari ismlari hamda Sevastopol shahri meri Dmitriy Ovsyannikov ham kiritildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Ushbu sanksiyalar Ukraina hududining yagonaligi buzilishga sababchi boʻlgan shaxslarni javobgarlikka tortishga qaratilgan harakatlarning bir qismidir”, — deyilgan muassasa xabarida.
Yangi sanksiyalar roʻyxatiga DNR Axborot vaziri Igor Antipov, sanost va savdo vaziri Aleksey Granovskiy, moliya vaziri Yekaterina Matyushenko, TIV rahbari Natalya Nikonorova, davlat xavfsizligi vaziri Vladimir Pavlenko, adliya vaziri Yelena Radomskaya, soliq vaziri Aleksandr Timofeyev, iqtisodiy rivojlanish vaziri v.b. Yelena Kostenko, Lugansk Xalq respublikasi mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri Svetlana Malaxova, energetika vaziri Pavel Malginlar kiritildi.
AQSh Moliya vazirlig xabariga koʻra, yuqorida ismi keltirilgan fuqarolar Ukraina davlat hududi yagonaligining buzilishi, mamlakat suverenitetiga xavf solish va boshqa ishlarda ayblanmoqda.