AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi va innovatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Jared Kushnerning Iroqqa kelishidan maqsad u yerdagi vaziyatni ko‘zdan kechirish va Iroq hukumatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi va innovatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Jared Kushner Iroqqa tashrif buyurdi.
Kushner Iroqqa AQSh qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasi raisi, general Jozef Danford tomondan taklif qilingan.
Kushnerning Iroqqa kelishidan maqsad u yerdagi vaziyatni ko‘zdan kechirish va Iroq hukumatini qo‘llab-quvvatlash maqsadini ifoda etishdir.
Eslatma: Iroq Bosh vaziri Haydar Al Ibadiy o‘tgan oy Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgan edi. Tramp uchrashuv chog‘ida, terror tashkiloti IShIDga qarshi kurashda Iroq hukumatini qo‘llab quvvatlashga va’da bergandi.