AQSh davlat departamenti O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va mustaqil OAVlarining salohiyatini kuchaytirish dasturini amalga oshirish uchun mablag‘ ajratmoqchi. Bu haqda RT xabar berdi.
Amerika tomoni potensial pudratchilarga mahalliy mustaqil OAVlarini rivojlantirish, inson huquqlarini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari uchun iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish bilan shug‘ullanishni taklif qilmoqda.
Loyiha, boshqa narsalar qatori, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga, fuqarolik jamiyati tashkilotlarining respublika aholisi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga e’tibor qaratish qobiliyatini oshirishga yordam berishi, shuningdek OAV va jurnalistlarning kasbiy tayyorgarligi bilan shug‘ullanadigan muassasalar ishiga ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.
Xabarda aytilishicha, kelajakdagi pudratchilarning har biri uchun bitta grant miqdori 10 ming dollardan 50 ming dollargacha bo‘lishi mumkin, ammo ularning umumiy soni qayd etilmagan.
Tegishli dasturni boshlashga tayyorgarlik ko‘rish doirasida agentlik mahalliy sheriklardan kerakli ma’lumotlarni to‘plash boshlaganligini e’lon qilgan.