AQSh Kongressi Rossiya bilan uran masalasidagi hamkorlik tergov qilinishini talab qilmoqda

AQSh Kongressidagi Respublikachilar vakillari prezident Barak Obama davridagi hamkorlik yuzasidan qaytadan tergov boshlanganini maʼlum qilishdi. Oʻshanda Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi Kanada firmasini xarid qilgan edi.

Foto: Reuters

Bu firma hissasiga AQShga yetkazib beriladigan uranning 20 foiziga yaqini toʻgʻri kelardi.

24-oktabr kuni respublikachilar bayonot berib, 2010-yilda Uranium One kompaniyasi Rossiyaning “Rosatom” korporpatsiyasiga sotilishi bilan bogʻliq vaziyat Federal Tergov byurosi tomonidan toʻla oʻrganib chiqilganligini bilishni istashlarini aytishdi. Senatning yuridik masalalar boʻyicha qoʻmitasi raisi Chak Grasslining Twitterda yozishicha, AQSh Adliya vazirligi uran bilan bogʻliq ishni tergov qilish maqsadida maxsus advokat tayinlashi kerak.

Yangi tergov AQSh prezidenti Donald Trampning yaqinda eʼlon qilgan shikoyatidan soʻng boshlandi. Oʻtgan haftada Donald Tramp OAV oʻtgan yilgi prezidentlik saylovlari mobaynida oʻzining yordamchilari Rossiya bilan fitna uyushtirganliga eʼtibor qaratgan holda, uran bogʻliq hamkorlikni eʼtiborsiz qoldirganini taʼkidlagan edi. “Ayni oʻsha ish Rossiya bilan bogʻliq haqiqiy voqelikdir. Bu, aslida boʻlmagan fitna haqidagi hikoya emas, qolganlarining hammasi — afsonalashtirishdir”, — deya bayonot berdi Tramp.

Biroq demokratlarning fikricha, 24-oktabr kuni Vakillar palatasining razvedka qoʻmitasi va palatalar ustidan nazorat va hukumat islohatlari qoʻmitasi tomonidan boshlangan qoʻshma tergov “Rossiyaning saylovlarga aralashuvi ehtimoli yuzasidan AQSh Kongresi va prokuraturasi bir necha oydan beri olib borilayotgan tergov xabarlarining “ommaviy sizib chiqishi”dir.

“Razvedka idoralarning bizning saylovlarimizga Rossiya aralashuvi borasidagi xulosalarini bir necha bor inkor qilgan prezident talabi bilan oʻtkazilayotgan tergovlar diqqatni chalgʻitishdan va sobiq prezident Barak Obama hamda uning davlat kotibi, oʻtgan yilgi saylovlarda Trampning raqibi boʻlgan Xillari Klintonga hujum qilishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan”, – dedi Vakillar palatasi razvedka qoʻmitasidagi demokrat kongressmen Adam Shiffning vakili.

Fikr bildirish

Latest from Blog