AQSh hukumati WikiLeaks asoschisi Julian Assanjga qarshi ayblovlarni tayyorladi va uni hibsga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CNN xabar qildi.
Mamalakatning avvalagi ma’muriyati davrida Adliya vazirligi rahbariyati Assanjga qarshi ayblovlar qo‘yish qiyin bo‘lishini ma’lum qilgan edi. Negaki WikiLeaks maxfiy hujjatlar nashr qilingan yagona resurs emas. Maxfiy ma’lumotlarni The New York Times gazetasi ham nashr qilgan.
O‘shanda WikiLeaks faoliyati tergov qilingan, lekin unga ayblov qo‘yish kechiktirilgan. Xususan bu kabi tergovlar AQSh konstitutsiyasiga ko‘ra, so‘z erkinligiga zid ekanligi qayd etilgan edi.