Antivirus dastur Facebookni bloklab, Windowsni yo‘q qila boshladi


Amerikada ishlab chiqarilgan Webroot antivirus dasturi 26-aprel kuni baza ma’lumotlarini yangilaganidan so‘ng Windows operatsion tizimiga tegishli fayllarni o‘chirishni boshladi. Bu haqda Mir24 xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, minglab Windows foydalanuchilari turli muammolarga duch kelgan. Antivirus Windows’ning fayllarini troyan deb belgilagan.

Dastur Facebook va Bloomberg saytlariga kirish imkoniyatini ham yopib qo‘ygan.

Webroot antivirusini dunyo bo‘ylab 30 milliondan ortiq foydalanuvchi ishlatadi. Ular orasida mashhur Cisco, Cellebrite va Virgin Media kompaniyalari ham bor.

Fikr bildirish

Latest from Blog