UNFPA ko‘magida tashkil etilgan bachadon bo‘yni saratoni uchun OPV testi bo‘yicha loyihasining natijalari yuzasidan yakuniy anjuman bo‘lib o‘tdi

Foto: UNFPA

Joriy yil 28-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan BMTning Aholishunoslik bo‘yicha jamg‘armasi (UNFPA) ko‘magida tashkil etilgan bachadon bo‘yni saratoni uchun OPV (odam papillomasi virusi) testi bo‘yicha loyihasining natijalari yuzasidan yakuniy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirning maqsadi Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan “Orolbo‘yi hududidagi aholining iqtisodiy, ekologik hamda sog‘liqni saqlash masalalaridagi zaifliklarini bartaraf etish orqali turmush barqarorligini mustahkamlash” – UNFPA qo‘shma dasturi doirasida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi negizida bachadon bo‘yni saratonining birlamchi skriningi uchun OPV testini o‘tkazish samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan “Bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlash uchun OPV testini o‘tkazish” tajriba loyihasi natijalarini taqdim etish va muhokama qilish hamda bachadon bo‘yni saratoni milliy dasturiga OPV testi joriy etilishini davom ettirish uchun yo‘l xaritasini ishlab chiqarishdan iborat bo‘ldi. Loyiha 2021-yil 1-apreldan 2022-yil 30-aprelgacha bo‘lgan davrda Chirchiq shahri (4 ta poliklinka) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (11 ta poliklinika) o‘tkazilmoqda.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, UNFPA vakillari, xalqaro ekspertlar, akusher-ginekologlar, onkologlar va boshqalar ishtirok etdilar. Tadbir davomida asosiy bayonotlardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida bachadon bo‘yni saratoni skriningi dasturini ishlab chiqish uchun kichik guruhlarda ishlar olib borildi.

Bachadon bo‘yni saratoni O‘zbekistondagi umumiy sog‘liqni saqlash sohasidagi jiddiy muammo bo‘lib, 15 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan ayollar orasida saratondan vafot etish holatlari bo‘yicha 2-o‘rinda turadi. 2020-yilda bachadon bo‘yni saratoni 1650ta yangi kasallanish va 1000ta o‘lim holatiga sabab bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari tahlili ularning o‘sishda davom etayotganini ko‘rsatmoqda. Baholashlarga ko‘ra, 2030-yilda bu raqamlar yiliga 2100ta yangi kasallanish va 1300ta o‘lim holatlarigacha ortadi.

photo-2022-09-28-14-24-25-4
Foto: UNFPA

Anjuman chog‘ida so‘zga chiqqanlar hamkorlikdagi faoliyat davomida o‘tkazilgan 49140 ta (98%) testdan 3290 tasi (6,7%) organizmda virus mavjudligi bo‘yicha ijobiy natija berganini maʼlum qildilar. Patologiya aniqlangan barcha bemorlar keyingi maslahatlarga va tor doiradagi mutaxassislar tomonidan davolanishga yo‘naltirildilar. Test o‘tkazilgan 759 (23%) nafar ayol OPV-ijobiy maqom bilan onkologiyaga yo‘naltirilgan bo‘lib, ulardan 9 tasida (1,2%) bachadon bo‘yni saratonini jarrohlik yo‘li bilan davolash amalga oshirildi. Bachadon bo‘ynida minimal shikastlanishlar aniqlangan OPV-ijobiy bo‘lgan 237 (31%) nafar ayol poliklinikada termoablyatsiya va radioto‘lqinli koagulyatsiya davolashini qabul qildi.

Mazkur loyiha bachadon bo‘yni saratonini erta bosqichlarda aniqlashga qaratilgan bo‘lib, bunda to‘g‘ri davolanish bemorning 100 foiz shifo topishiga olib kelishi mumkin. Dasturni bajarish chog‘ida olingan barcha natijalar Saraton kasalliklari, jumladan bachadon bo‘yni saratonining oldini olish bo‘yicha millik strategiyani ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirildi.

photo-2022-09-28-14-24-25-3
Foto: UNFPA

Tajriba loyihasini joriy etish va ishga tushirish ko‘plab tadbirlarni (yangi uskunalarni xarid qilish va yetkazib berish; tibbiyot xodimlarini skrining testlarini o‘tkazish va skrining natijasi ijobiy bo‘lgan ayollarni saralashga o‘qitish; ilgarilashni baholash va muammolarni hal qilish uchun har oyda nazorat tashriflarini o‘tkazish va h.k.) o‘z ichiga olgan murakkat amaliyotdan iborat bo‘ldi. Loyiha doirasida 30 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan 50 000 nafar ayollar o‘rtasida bachadon bo‘ynidagi o‘zgarishlarni erta bosqichlarda aniqlash uchun OPV testini o‘tkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi birlamchi sog‘liqni saqlash bo‘g‘imining 45ta ginekologi, 150ta oilaviy shifokori, 270 ta patronaj hamshiralari va 77 ta akusher xodimlari o‘qitildi. Treninglar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika Akusherlik va Ginekologiya ilmiy-amaliy ixtisoslashtirilgan markazining mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi.

2021-yil yanvar oyida loyiha doirasida OPVni aniqlash uchun uskunalar va test tizimlari topshirildi. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuman ko‘ptarmoqli poliklinikalarida Yaponiya hukumati tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga xarid qilingan 8 ta mashina va 50 000 ta test o‘rnatildi. Toshkent viloyatida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamkorligida bachadon bo‘yni saratoni skriningi bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida Chirchiq shahrida skrining tadqiqotlarini o‘tkazish uchun UNFPA ko‘magi ostida qo‘shimcha ravishda 2 ta mashina va 6000 ta test xarid qilindi. Loyiha davomida bachadon bo‘ynida yallig‘lanish aniqlangan bemorlarning davolanishini taʼminlash maqsadida, tuman darajasida 3ta radiokoagulyatsion uskunasi xarid qilindi va o‘rnatildi.

Odam papillomasi virusi orqali jinsiy aloqa vaqtida yuqadigan bachadon bo‘yni saratori hanuzgacha butun dunyo jamiyatining dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda. JSST maʼlumotlariga ko‘ra, har yili dunyoda bachadon bo‘yni saratoni sababli 300 mingdan ortiq ayol vafot etadi. O‘zbekistonda, huddi butun dunyoda bo‘lgani kabi, bachadon bo‘yni saratoni barcha yoshlardagi ayollar o‘rtasida eng keng tarqalgan saraton turlari orasida hamda fertil yoshdagi (15-45 yosh) ayollar orasida o‘lim sabablari bo‘yicha sut bezi saratonidan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. 2020-yilda bachadon bo‘yni saratoni 1650 ta yangi kasallanish va 1000 ta o‘lim holatiga sabab bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari tahlili ularning o‘sishda davom etayotganini ko‘rsatmoqda. Baholashlarga ko‘ra, 2030-yilda bu raqamlar muvofiq ravishda 10,15 va 6,46 marotabaga ortib, yiliga 2100 ta yangi kasallanish va 1300 ta o‘lim holatlarini yuzaga keltiradi.

photo-2022-09-28-14-24-25-2
Foto: UNFPA

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va UNFPA qishloq aholisi, jumladan Orolbo‘yi hududidagi ekologik halokatga to‘qnash kelgan aholini qamrab olgan holda, reproduktiv salomatlik hamda asosiy xizmatlarning integratsiyalangan to‘plami, jumladan ona salomatligi va OIV profilaktikasini taʼminlash bo‘yicha kompleks strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarining salohiyatini mustahkamlash masalalari yuzasidan imzolangan 2020-yil 5-iyundagi o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi hujjat doirasida faol hamkorlik olib bormoqdalar.

Qo‘shimcha sifatida taʼkidlash joizki, O‘zbekistondagi UNFPA faoliyati 1993-yilda boshlangan bo‘lib, bugungi kunda agentlik milliy sheriklar bilan yaqin hamkorlikda beshinchi Mamlakatlararo Dasturini (2020-2025yy.) amalga oshirmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog