Angren shahrida saunada fohishalar bilan maishat qilayotgan shaxslar aniqlandi

Angren shahar Do‘stlik mahallasida Radik ismli shaxsga tegishli sauna joylashgan bo‘lib, bu yerda mijozlar foxisha ayollar bilan maishat qilayotganliklari xaqida ma’lumot olindi. Holatga oydinlik kiritish maqsadida 2017-yilning 29-noyabr kuni Angren shahar IIB xodimlari bilan ushbu shaxsga tegishli saunada tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda «Korrespondent O‘zbekiston»ga Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

VFL.RU - ваш фотохостинг
Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati

Tadbir jarayonida yuqoridagi 1964-yilda tug‘ilgan Li Radikka tegishli saunada 1996-yilda tug‘ilgan J.S., 1992-yilda tug‘ilgan M.M., 1996-yilda tug‘ilgan S.Sh., 1997-yilda tug‘ilgan Y.T., 1992-yilda tug‘ilgan M.D., 1987-yilda tug‘ilgan D.A. va 1989-yilda tug‘ilgan Sh.D.lar hamda fohishalik bilan shug‘ullanuvchilar 1997-yilda tug‘ilgan A.D., 1995-yilda tug‘ilgan T.G., 1993-yilda tug‘ilgan M.D., 1997-yilda tug‘ilgan A.D. hamda 1998-yilda tug‘ilgan I.G. bilan maishat qilib o‘tirganliklari kuzatildi.

Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati

Yuqoridagi saunaga dam olish uchun kelgan mijoz va fohishalarni tadbirga jalb qilingan IIB xodimlari Angren shahar IIBga hujjatlashtirish uchun olib kelindi.

Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati
Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati

Latest from Blog