Andijonda militsioner navbatchilik paytida halok bo‘ldi

Andijon viloyati Izboskan tumani ichki ishlar organlari xodimi Ilhomjon Haydarov ko‘chada noma’lum erkakning zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

Voqea 21-noyabr kuni soat 21:00 da, Haydarovning (1989-yili tug‘ilgan) navbatchiligi chog‘ida ro‘y berdi. U ko‘chada uchragan bir necha kishining shaxsini aniqlashga uringanida ulardan biri ichki ishlar organlari xodimiga zarba berdi. Xodim 22-noyabrga o‘tar kechasi Paxtaobod tumani shifoxonasida hayotdan ko‘z yumdi.

Voqea yuzasidan O‘zbekiston JKning 97-moddasi 2-bandi (og‘irlashtiruvchi vaziyatda qasddan qotillik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Zarba bergan shaxs gumondor sifatida, qolganlar guvohlar sifatida qo‘lga olingan.

Fikr bildirish

Latest from Blog