Andijonda IIB xodimlari tunda ko‘chada yurgan yigitlarni haqorat qilib, ularga qo‘l ko‘tardi (video)

Andijon viloyatining Bo‘z tumanida ichki ishlar xodimlari soat 22:00dan keyin bir guruh yoshlar stadionda futbol o‘ynab qaytayotgan vaqtda patrul avtobusida kelib, ularni olib ketishgan. Shaxsni tasdiqlash uchun tuman ichki ishlar bo‘limiga olib borib, u yerda tungi vaqtda ko‘chada yurishlari yuzasidan so‘roqqa tutishgan. Bu haqda Repost nashri xabar bermoqda.

Foto: Sof.uz

Qo‘lga olingan yoshlardan biri tomonidan tasvirga olingan videoda ichki ishlar xodimlaridan birining o‘z xizmat vakolatidan chetga chiqqan holda yosh yigitlardan biriga nisbatan kuch ishlatganini ko‘rish mumkin. IIB xodimi o‘ziga bunday muomala qilmaslikni so‘ragan yigitni qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilgan. Hodisa ishtirokchilaridan biri bu holatni videoga olgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu holat so‘nggi vaqtlarda ichki ishlar xodimlarining o‘z xizmat vakolatlarini suiste’mol qilgani bilan bog‘liq yagona voqea emas. Avvalroq, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida IIB xodimi ichki ishlar idorasiga olib kelingan ayolni tahqirlagandi, natijada shahar IIBdagi 4 rahbar va 4 xodim ishdan bo‘shatilgandi.

Fikr bildirish

Latest from Blog